Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

16 yoshli Keyvan Sallivan AQSH termasida debyut qildi

16 yoshli Keyvan Sallivan AQSH termasida debyut qildi

Baho:
+ | -

«Filadelfiya Yunion» vingeri Keyvan Sallivan Peruga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan nazorat uchrashuvida AQSH terma jamoasi safida debyut qildi.

16 yoshli o‘ng qanot hujumchisi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va taxminan 62 daqiqa harakat qildi. Shundan so‘ng u almashtirildi. Uchrashuv davomida Sallivan sariq kartochka ham oldi.

Shu tariqa, «Filadelfiya Yunion» futbolchisi AQSH terma jamoasining 2006 yildan buyon eng yosh debyutantiga aylandi. Peruga qarshi o‘yin kuni Sallivan 16 yoshu 362 kunlik edi.

2006 yil yanvar oyida Freddi Adu AQSH termasida 16 yoshu 234 kunligida debyut qilgan edi. Keyinchalik u milliy jamoa safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

AQSH termasi tarixida 1904 yildan buyon eng yosh debyutant sifatida darvozabon Luis Mendes qolmoqda. U Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 16 yoshu 17 kunligida maydonga tushgan.

Keyvan Sallivan 2026 yilda klub miqyosida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Sallivan 2024 yil iyul oyida 14 yoshida MLS’da «Filadelfiya Yunion» safida debyut qilib, Shimoliy Amerika professional ligalari tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.

Kiritildi: 13:07, 27.09.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик