Isroil terma jamoasi yarim himoyachisi Dor Peres UYEFA Millatlar ligasida Irlandiyaga qarshi o‘yin atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Imkoniyatlarimiz avvalgidek qolmoqda. Biz Isroil sharafini himoya qilamiz va bu vazifani imkoni boricha muvaffaqiyatli bajarishga harakat qilamiz.
Raqiblar bilan qo‘l berib ko‘rishamizmi? Biz sport etikasi qoidalariga muvofiq harakat qilamiz. Agar irlandiyaliklar biz bilan qo‘l berib ko‘rishishni istamasa, bu ularning ishi», — dedi Peres Sport1 nashriga.
Isroil va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













