Bugun, 27 sentyabr kuni Norvegiya va Portugaliya terma jamoalari UYEFA Millatlar ligasi doirasida o‘zaro bahs olib boradi.
Tahlilchilar ushbu uchrashuvda Norvegiya terma jamoasiga biroz ustunlik bermoqda. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, Norvegiyaning g‘alaba qozonish ehtimoli 39,6 foizni tashkil etadi.
Portugaliyaning g‘alabasi 35,3 foizga, durang natija esa 25,1 foizga baholangan.
Ayni paytda Norvegiya FIFA reytingida 19-o‘rinni egallab turibdi. Portugaliya esa 7-pog‘onada joylashgan.













