«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori va yarim himoyachi Ruben Loftus-CHik bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Har ikki futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yil yozida yakunlanadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Milan» Tomorini qishki transfer oynasida sotishga tayyor. Loftus-CHik esa shartnomasi tugagach, klubni tark etishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ikki futbolchining ketishi «rossoneri»ga maoshlar hisobiga taxminan 10 million yevro tejash imkonini beradi.
Tomori «Milan» safida 2021 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Transfermarkt uning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Loftus-CHik esa jamoaga 2023 yil yozida qo‘shilgan. Uning bozor qiymati 8,5 million yevro deb baholangan.













