Tizzasidan olgan jarohati sababli yarim himoyachi Frenki de Yong 2026/2027 yilgi mavsumda «Barselona» tarkibida hali maydonga tushgani yo‘q. Shunga qaramay, niderlandiyalik futbolchining safga qaytishi yaqinlashib qoldi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, de Yong 5 oktyabr kuni umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlashi kerak. Ushbu kunda niderlandiyalik futbolchi joriy tanafsus paytida terma jamoalarga ketmagan futbolchilar bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, 29 yoshli de Yongga sport formasini tiklash va o‘yin ritmini ushlab olish uchun hali vaqt kerak bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, Frenki 25 oktyabrga rejalashtirilgan «Real»ga qarshi «el klasiko»da ham maydonga tushishga tayyor bo‘lmaydi.













