Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya terma jamoasi o‘yinchisi Mourinyoni tanqid qildi

Ispaniya terma jamoasi o‘yinchisi Mourinyoni tanqid qildi

Baho:
+3 | -

Yaqinda «Atletiko»ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Joze Mourinyo matbuot anjumaniga hakam xato qilgan vaziyatlar muhrlangan fotosuratlarni olib keldi. «Matraschilar»ning hujumkor yarim himoyachisi Aleks Baena «Real» murabbiyini tanqid qildi.

«Mourinyo mag‘lub bo‘lgani uchun shikoyat qilmoqda. «Real» yutqazganida, u e’tiborni o‘ziga qaratish o‘rniga hamisha bahona qidiradi. Fotosuratlar bilan bog‘liq bu sahna munosib mag‘lubiyatga uchrashni bilmaydigan insonning xatti-harakati edi», — deydi Baenaning so‘zlarini The Touchline keltirib.

Shanba kuni Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasida mehmonda Angliyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Aleks Baena «qizil furiya» gollaridan biriga mualliflik qildi.

Kiritildi: 14:53, 27.09.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик