Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atalanta» «Chelsi» nishonga olgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

«Atalanta» «Chelsi» nishonga olgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Atalanta» markaziy himoyachi Jordjo Skalvini bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda.

Manba xabariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni 2031 yilning yoziga qadar uzaytirishdi.

Avvalroq matbuotda Skalviniga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi tomonidan qiziqish borligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. 22 yoshli italiyalik futbolchini Londonning «Chelsi» va «Nyukasl» klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida himoyachi beshta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining transfer qiymati 38 million yevroga baholanmoqda. U 2021 yilning yozidan beri Bergamo klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 14:55, 27.09.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик