Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» kun oxirigacha yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaydi

«Yuventus» kun oxirigacha yangi darvozabon bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq darvozaboni Norberto Neto bugun, 27 sentyabr kuni «Yuventus»ga transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turinga yetib keladi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Agar hammasi muvaffaqiyatli o‘tsa, 37 yoshli golkiper «keksa sinyora» bilan kelasi yilning yozigacha mo‘ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzolaydi.

Tajribali darvozabonning oxirgi ish joyi Braziliyaning «Botafogo» klubi bo‘lgan edi.

Italiya chempionatining besh turidan so‘ng «Yuventus» o‘n ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Turin jamoasi navbatdagi o‘yinini 11 oktyabr kuni mehmonda «Kalyari»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:56, 27.09.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик