«Liverpul» hujumchisi Aleksander Isak Shvesiya terma jamoasida jarohat oldi.
Avvalroq shvesiyalik futbolchi Millatlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan Ruminiyaga qarshi o‘yinda (2:1) gol muallifi bo‘lgan edi.
«Aleksander Isak yengil jarohat tufayli terma jamoadan klub ixtiyoriga qaytmoqda.
Hujumchi joriy xalqaro tanaffusda Shvesiya terma jamoasining qolgan uchta o‘yinida ishtirok etmaydi.
Endilikda uning ahvolini AXA Training Centre bazasida klub shifokorlari baholaydi», – deyiladi «Liverpul» xabarida.
Shvesiya ertaga Millatlar ligasining 2-turida Polshani qabul qiladi.













