«Real»ning sobiq futbolchisi Marselo Madrid klubiga bo‘lgan sadoqatini namoyish etishda davom etmoqda. Braziliyalikdan Kilian Mbappe, Mesut O‘zil va Lionel Messini o‘rinlarga ajratib chiqishni so‘rashdi. Marselo shartli ravishda bu uchlikdan birini asosiy tarkibga kiritishi, ikkinchisini zaxirada qoldirishi, uchinchisini esa qaydnomaga kiritmasligi kerak edi. Marselo «Real»ga aloqador bo‘lganlar foydasiga tanlov qildi.
Savolga javob berar ekan, Marselo O‘zilni asosiy tarkibga kiritdi, Mbappeni esa zaxirada qoldirdi. Messini esa braziliyalik qaydnomadan tashqarida qoldirdi. Braziliyalikning tanlovi haqida The Touchline xabar bermoqda.
Avvalroq Marselo Lionel Messi bilan solishtirganda Krishtianu Ronalduni tanlagan edi.













