«Milan» «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda Karlo Pellegatti yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, Italiya klubi — futbolchi uchun asosiy da’vogar. Ertami-kechmi van Deyk «Milan»ga o‘tadi. Transfer kelasi yozda amalga oshishi kutilmoqda.
«Milan» mavsum yakunida futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishga tayyorlanmoqda. Virjil van Deykning «Liverpul» bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt o‘yinchining qiymatini 15 mln yevroga baholamoqda.













