Irlandiya terma jamoasi darvozaboni Gevin Bazunu siyosiy sabablarga ko‘ra Millatlar ligasida Isroilga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi.
UEFA qoidalariga ko‘ra, har bir jamoa o‘yin qaydnomasiga uch nafar darvozabon kiritishi shart.
Shu talabni buzmaslik uchun Irlandiya terma jamoasi himoyachi Jimmi Dannni darvozabon sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu ma’lumot UEFA rasmiy saytidagi Irlandiya terma jamoasi sahifasida ham ko‘rsatilgan.
Shu tariqa, Dann hujjatlarda ushbu o‘yin uchun darvozabon sifatida qayd etilgan.
Klub miqyosida Jimmi Dann «Kuinz Park Reyndjers» sharafini himoya qiladi. Ayni paytda uning jamoasi Chempionship turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.













