Kirish Ro'yxatdan o'tish

Cheferin FIFAning JCH huquqlarining bir qismini sotish loyihasi haqida gapirdi

Cheferin FIFAning JCH huquqlarining bir qismini sotish loyihasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin FIFA rahbari Djanni Infantino manziliga tanqidiy fikr bildirdi.

Avvalroq Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi UYEFA va boshqa tashkilotlarning noroziligi fonida Johon chempionati huquqlarining bir qismini sotishni nazarda tutuvchi loyihadan voz kechgan edi.

– Siz va [Italiya federasiyasi prezidenti] Malagoning Infantino atrofidagi vaziyatga qarashlaringiz, shubhasiz, o‘xshash...

– Sport turimizga bo‘lgan ishonch uchta «ustun»ga suyanadi: birlik, shaffoflik va tor doiradagi shaxslar emas, balki ko‘pchilik manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tizimi. Oxirgi vaqtlarda bu tamoyillarning barchasi aynan ularni himoya qilishga qasam ichgan odamlar tomonidan toptaldi.

Jahon futbolini parchalanishiga olib kelgan loyiha, ehtimol, bekor qilingandir, ammo u tomonidan putur yetkazilgan ishonch haligacha qayta tiklangani yo‘q. Endigi umumiy vazifamiz — ushbu ishonchni qaytarish.

Italiya va Yevropa futbol oilasi — boshqa konfederasiyalardagi hamkorlar bilan birgalikda — o‘yinimizni himoya qilish kerak bo‘lgan har safargidek, yagona front bo‘lib chiqayotganidan xursandman. Takrorlayman: futbol sotilmaydi», – dedi Cheferin.

Kiritildi: 16:01, 27.09.2026.
O'qildi: 486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик