Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kundening «Barselona»dagi kelajagi mavhum

Kundening «Barselona»dagi kelajagi mavhum

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde mavsum boshidan beri asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgach, jamoadagi kelajagi haqida o‘ylay boshlagan. Agar vaziyat o‘zgarmasa, fransuz futbolchisi Kataloniya klubini tark etishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya chempionatining uchta yetakchi klubi 27 yoshli himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

Yozda «Barselona» Kundeni sotishga tayyor edi, ammo futbolchining o‘zi jamoada qolishni istagan.

Agar klub uni sotishga qaror qilsa, transferdan 50 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab olishi mumkin.

Joriy mavsumda Kunde barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:14, 27.09.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик