«An-Nasr» yarim himoyachisi Joau Feliks klub va Portugaliya terma jamoasida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynash qanday his ekani haqida gapirdi. Shuningdek, u Ronalduning 1000-golini urishiga yordam berishni istashini aytdi.
Ayni paytda Ronalduning hisobida 979 ta gol bor. Ularning 833 tasini klublar safida, 146 tasini esa Portugaliya terma jamoasi tarkibida urgan.
«Krishtianu bilan birga o‘ynash — futbolda juda kam insonlarga nasib qiladigan imkoniyat. Menga u bilan avval terma jamoada, hozir esa «An-Nasr»da ham birga o‘ynash baxti nasib qildi. Bu men uchun juda katta faxr.
Biz Krishtianuni ko‘rib ulg‘aydik. U bizning kumirimiz va o‘rnak oladigan futbolchimiz edi. Endi esa u bilan shunday lahzalarni birga o‘tkazyapman.
O‘tgan yilgi chempionlik ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Krishtianu klubga kelganidan beri intilib kelayotgan sovrinni qo‘lga kiritishga unga yordam berish juda yoqimli edi.
Bu damlardan imkoni boricha zavqlanish kerak, chunki bu abadiy davom etmasligini bilamiz. Ammo u biz bilan ekan, biz ham uning yonida bo‘lamiz», — dedi Feliks.
Undan Ronalduning 1000-golliga assist berishni tasavvur qilgan-qilmagani ham so‘raldi.
«Bu haqda allaqachon o‘ylab ko‘rganman. Unga 1000-gol uchun bitta gol qolganida, to‘p har safar menga kelsa, unga qarab, pas berolamanmi, deb o‘ylayman.
Bu gol futbol tarixiga kiradi. Shunday lahzada uning yonida bo‘lish juda ajoyib bo‘lar edi», — dedi Joau Feliks.













