«Atalanta» himoyachisi Jorjo Skalvini bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Bergamo klubi tarbiyalanuvchisi yangi kelishuvni imzoladi.
Klub yangi shartnomaning amal qilish muddatini ochiqlamagan. Ammo avvalroq Italiya matbuotida kelishuv 2031 yilning o‘rtalariga qadar tuzilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Skalvini «Atalanta»ning asosiy jamoasi safida 144 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ayni paytda «Atalanta» A Seriyaning dastlabki 5 turidan keyin turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.













