«Yuventus» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachichni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Xorvatiyalik futbolchining Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli Kovachichning «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirishi ehtimoli past.
«Yuventus» rahbariyati xorvatiyalik futbolchida tajriba, texnik mahorat va g‘oliblik ruhini birlashtirgan munosib variantni ko‘rmoqda.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
Joriy mavsumda Kovachich barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.













