«Bavariya» «Benfika» himoyachisi Tomash Araujuni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu transfer Kim Min Je jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Arauju anchadan beri «Bavariya»ning transfer ro‘yxatida bor. Shu bilan birga, hozir Myunxen klubi Kim Min Jening o‘yinidan mamnun va unga yangi shartnoma taklif qilinishi ehtimoli yuqori.
Joriy mavsumda Arauju barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.













