Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" sobiq himoyachisi jamoaga qaytmoqchi emas

"Real" sobiq himoyachisi jamoaga qaytmoqchi emas

Baho:
+ | -

"Komo" himoyachisi Xakobo Ramon hozircha Madridning "Real" klubiga qaytish variantini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda AS xabar berdi.

21 yoshli futbolchi 2025 yil yozida "Real"ni tark etgan edi. O‘shanda "Komo" uning transfer huquqlarining 50 foizini 2,5 million yevroga sotib olgan.

Italiyadagi ilk mavsumidan keyin Ramon ancha o‘sdi va jamoa himoyasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Uning tez rivojlanishi "Real" e’tiboridan chetda qolmadi. Madrid klubi o‘tgan yozdayoq himoyachini qaytarishni istagan, ammo Ramon bu imkoniyatni rad etgan.

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin "Real" futbolchini 9 million yevroga qaytarib olish imkoniga ega bo‘ladi. Biroq yakuniy qaror Ramonning o‘ziga bog‘liq.

Futbolchi "Real"ga mehr qo‘yganiga qaramay, hozircha "Komo"da qolib, rivojlanishni davom ettirishni istamoqda. U uchun eng muhimi — muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va jamoada muhim rol o‘ynash.

Kiritildi: 21:44, 27.09.2026.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик