Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Dias: "Keyn — "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzod"

Luis Dias: "Keyn — "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzod"

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Luis Dias jamoadoshi Xarri Keynni 2026 yilgi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod deb hisoblamoqda.

Diasning o‘zi ham Germaniyadagi ilk mavsumidan so‘ng sovrin uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Kolumbiyalik futbolchi "Bavariya" safida barcha musobaqalar doirasida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Uning ko‘p gol urishini avval ham bilardim. Ammo har kuni yonida bo‘lib, mashg‘ulotlarda qanday ishlashini va o‘yinga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rgach, undan yanada ko‘proq hayratlandim", — dedi Dias ESPN'ga.

"U aqlbovar qilmas futbolchi. Uni qanday ta’riflashni ham bilmayman — ajoyib. Ba’zan unga mos so‘z topish qiyin.

Men uchun Keyn "Oltin to‘p"ni yutish uchun asosiy nomzod. U sovrinni qo‘lga kirita olishiga umid qilaman", — deya qo‘shimcha qildi u.

O‘tgan mavsumda Keyn "Bavariya" safida 51 ta o‘yinda 61 ta gol urdi. Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida 6 ta gol kiritdi.

"Bavariya"dan Luis Dias va Garri Keyndan tashqari Maykl Olise hamda Dayo Upamekano ham "Oltin to‘p" nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 22:14, 27.09.2026.
O'qildi: 381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик