Daniya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Uelsni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Kopengagendagi "Parken" stadionida o‘tgan uchrashuvda hisob 53-daqiqada ochildi. Uels himoyachisi Ben Devis to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
66-daqiqada Gustav Isaksen Daniyaning ikkinchi golini urdi.
Isaksen 24-daqiqada ham gol kiritgan edi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd qayd etildi va gol bekor qilindi.
Ushbu g‘alabadan keyin Daniya 3 ochko jamg‘arib, Norvegiya, Portugaliya va Uels joy olgan guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi.
Norvegiya va Portugaliyada hozircha 3 tadan ochko bor. Uels esa dastlabki ikki o‘yinning har ikkalasida ham mag‘lub bo‘ldi.
3-turda Daniya 1 oktyabr kuni o‘z maydonida Portugaliyani qabul qiladi. Shu kuni Uels Norvegiyaga qarshi o‘ynaydi.













