"Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik futbolchilik kasbi haqida fikr bildirdi.
"Futbolchi bo‘lish qiyin emas. Menimcha, har kuni ertalab soat beshda turib, dushanbadan yakshanbagacha ishga borishi kerak bo‘lgan odamlarga ancha qiyin.
Futbol esa bizga juda ko‘p yaxshi narsalar beradi", — dedi Endrik.
20 yoshli futbolchi 2024 yil yozidan buyon "Real"ga tegishli. U madridliklar safida jami 41 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Endrikning "Real" bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Shuningdek, u Braziliya terma jamoasi safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan.













