Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Oslodagi «Ullevol» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Portugaliya safida Joau Feliks va Gonsalu Ramush gol urdi. Ramushning yana bir goli VAR aralashuvidan so‘ng ofsayd sabab bekor qilindi. Norvegiyaning yagona goliga Erling Xoland mualliflik qildi.
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Portugaliya 6 ochko jamg‘arib, A ligasining 4-guruhida peshqadamlik qilmoqda. 3 ochkoga ega Norvegiya ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvda Portugaliya Daniyaga qarshi maydonga tushadi, Norvegiya esa Uels bilan bahs olib boradi.













