Germaniya terma jamoasi futbolchisi Yozua Kimmix Millatlar ligasida Gresiyaga qarshi o‘yindagi 0:1 hisobli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Yurgen Klopp shogirdlari o‘z maydonida 74-daqiqada Dimitris Kurbelis kiritgan gol sabab imkoniyatni boy berdi.
«Bu bizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘lmadi. Hal qiluvchi golni rikoshetdan keyin o‘tkazib yuborganimiz alamli, ammo umuman olganda, juda statik harakat qildik va bizga kreativlik yetishmadi.
0:0 hisobidagi durang adolatli natija bo‘lar edi, mag‘lubiyat esa omadsizlik bo‘ldi.
Biz barcha jihatlarda yaxshilanishimiz va murabbiyning g‘oyalarini yaxshiroq tushunishimiz kerak. Kloppning talablari juda aniq. Endi hammasi biz — futbolchilarga bog‘liq», — dedi Kimmix o‘yindan keyin jurnalistlarga.
1 oktyabr kuni Germaniya yana o‘z maydonida o‘ynaydi. Bu safar bundestim Serbiya terma jamoasini qabul qiladi.













