Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Milinkovich-Savich: «Menimcha, bu yaxshi boshlanish»

Milinkovich-Savich: «Menimcha, bu yaxshi boshlanish»

Baho:
+ | -

Serbiya terma jamoasi darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich Millatlar ligasida Niderlandiyaga qarshi o‘yindagi 1:2 hisobli mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Niderlandiyaning har ikki golini Meks Merdink urdi, Serbiya safida esa Luka Yovich o‘z nomini tabloga yozdirdi.

«O‘sish bor. Bu safar raqibimiz ancha jiddiy edi. Niderlandiya raqiblariga juda kam imkoniyat beradi, ammo biz berilgan imkoniyatlardan foydalana oldik. Menimcha, bu yaxshi boshlanish», — dedi Milinkovich-Savich Arena Sport efirida.

«Bunday kuchli jamoaga qarshi o‘ynaganda tezlik butunlay boshqacha bo‘ladi. Biz ularning sur’atiga imkon qadar moslashishga harakat qildik».

Milinkovich-Savich «Rayko Mitich» stadionidagi muxlislar qo‘llab-quvvatlovini ham alohida ta’kidladi. Ushbu uchrashuvga Millatlar ligasi 1-turida Gresiyaga qarshi 1:2 hisobidagi o‘yinga nisbatan ko‘proq tomoshabin tashrif buyurdi.

«Biz ota-onalar farzandlari bilan stadionga kelishi va biz ular uchun namuna bo‘lishimiz uchun shu yerdamiz».

1 oktyabr kuni Serbiya Millatlar ligasi 3-turida safarda Germaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 04:25, 28.09.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик