«Milan»ning sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta klub prezidenti bo‘lish istagi borligini bildirdi. Shu bilan birga, u klubning hozirgi rahbariyatiga nisbatan ancha shubha bilan qarashini ham yashirmadi.
«Shunisi aniqki, men «Milan» uchun eshikni hech qachon yopmaganman — har qanday variantga ochiqman. Ammo bu amalga oshadi, deb o‘ylamayman.
Vaziyatga aniqlik kerak. Menimcha, ayrimlarimiz uchun u yerda allaqachon joy qolmagan. Rostini aytsam, men buning ortidan quvmayapman va ular ham meni izlaydi, deb o‘ylamayman», — deya Kostakurtaning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Kostakurta futbolchilik faoliyatini 2007 yilda yakunlagan. U butun professional faoliyati davomida faqat «Milan» safida to‘p tepgan.













