Kirish Ro'yxatdan o'tish

Niderlandiya qahramoni: «Bir haftada juda ko‘p narsa sodir bo‘ldi»

Niderlandiya qahramoni: «Bir haftada juda ko‘p narsa sodir bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Meks Merdink Serbiyaga qarshi o‘yindan so‘ng fikr bildirdi. Millatlar ligasi 2-turi doirasidagi safar uchrashuvida u dubl qayd etdi va Niderlandiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Bu bolaligimdan orzu qilgan narsa edi. Rostini aytsam, so‘z topolmayapman. Hammasi juda tez sodir bo‘lyapti — bir haftaning o‘zida shuncha voqea yuz berdi. Ayniqsa, bu yerda g‘alaba qozonganimiz juda yoqimli», — dedi Merdink Ziggo Sport telekanaliga bergan intervyusida.

Merdink dastlab terma jamoa qaydnomasidan joy olmagan edi, ammo Malen jarohat olgach, jamoaga chaqirildi. Germaniyaga qarshi uchrashuvda u jarohatlangan Brobbining o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi, Serbiyaga qarshi bahsni esa asosiy tarkibda boshladi.

«Ba’zan biroz omad ham kerak bo‘ladi. Bu safar omad men tomonda edi. Faqat doimo tayyor turish kerak.

Biroz bosimni his qildim, sal hayajonlandim. Ammo maydonga tushgach, bularning barchasi yo‘qoladi. Ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lsang esa, ajoyib his paydo bo‘ladi».

Merdink birinchi golini penaltidan urdi. Niderlandiya terma jamoasining asosiy penalti tepuvchisi Kodi Gakpo hisoblanadi, ammo u uchrashuv davomida jarohat oldi.

Kiritildi: 04:37, 28.09.2026.
O'qildi: 409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик