Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bilich: «Modrich davrida yashayotganimizdan faxrlanamiz»

Bilich: «Modrich davrida yashayotganimizdan faxrlanamiz»

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich Chexiyaga qarshi o‘yinda yana gol urib, Xorvatiya terma jamoasi tarixidagi eng keksa gol muallifi rekordini yanada yangilagan faxriy futbolchi Luka Modrichni maqtashdan charchamayapti. Bilich shunday futbolchi bilan ishlayotganidan faxrlanadi.

«Biz uning davrida yashayotganimizdan va 41 yoshida ushbu darajada o‘ynayotganini ko‘rish sharafiga ega ekanimizdan faqat faxrlanishimiz mumkin — bu aqlbovar qilmas darajada. Meni tushunyapsizmi? Menda shunchaki so‘z yo‘q. Modrich va Perishich o‘z klublarida eng yaxshi o‘yinchilar hisoblanishadi, vaholanki bu oddiy jamoalar emas. Ular yosh o‘yinchilarning o‘sishiga yordam berishmoqda va ular albatta haqiqiy mahorat egalari bo‘lib yetishishadi», — dedi Bilich pianetamilan.it nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Modrich Italiyaning «Milan» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 06:30, 28.09.2026.
O'qildi: 228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик