Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi haqidagi savolga aniq javob berdi.
19 yoshli futbolchi "Barselona"ning sobiq yulduzi, hozir esa "Inter Mayami" safida to‘p tepayotgan Lionel Messini alohida ta’kidladi.
"Mening tanlovim — Messi. Men juda ko‘p futbol ko‘rganman, ammo hech kim meni Leodek hayratlantirmagan. Uning yutuqlari o‘zi uchun gapirib turibdi.
Messi — alohida futbolchi. Uning Argentina bilan jahon chempionatida nimalarga erishganini va hozir ham qanday darajada o‘ynayotganini ko‘rishning o‘zi kifoya.
Men uchun bu masalada hammasi aniq", — deya Yamalning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
Lamin Yamal va Lionel Messi joriy yilgi "Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













