Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Asensio bo‘yicha bir qarorga keldi

«Real» Asensio bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio yaqin orada jamoani tark etmaydi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Premyer-liganing ikki grandi — «Chelsi» va «Liverpul» tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, «qaymoqranglilar» Asensio bilan xayrlashish variantini ko‘rib chiqmayapti. Shu bilan birga, himoyachi joriy mavsumda hali biror marta ham maydonga tushgani yo‘q.

Asensio — «Real» tarbiyalanuvchisi. Debyut qilganidan beri u asosiy jamoa tarkibida 80 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Asensioning «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:05, 28.09.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик