«Barselona» futbolchisi Entoni Gordon hali o‘zining eng yuqori darajasiga yaqinlashmaganini ta’kidladi.
25 yoshli vinger Kataloniya klubidagi debyut mavsumini o‘tkazmoqda. U yozda «Nyukasl»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan edi.
«Men hali o‘z cho‘qqimga yaqinlashganim ham yo‘q. Hozir siz sifatli, ammo mening eng yaxshi versiyamdan ancha uzoq bo‘lgan futbolchini ko‘ryapsiz. Men erishmoqchi bo‘lgan darajadan hali ancha yiroqman.
«Barselona»ga o‘tishim va shunday ajoyib jamoadoshlar bilan birga o‘ynashim o‘z salohiyatimni to‘liq namoyon qilishimga yordam beradi», — deya angliyalik futbolchining so‘zlarini Barca Universal keltiradi.
Entoni Gordonning transferi «Barselona»ga 80 million yevroga tushgan. Futbolchining shartnomasi 2031 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.













