Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Pochettino «Manchester Siti» ishi haqida: «Biz aldash davrida yashagan ekanmiz»

Pochettino «Manchester Siti» ishi haqida: «Biz aldash davrida yashagan ekanmiz»

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Argentinalik mutaxassis avvalroq «Sautgempton», «Tottenxem» va «Chelsi» klublarida ishlagan.

«Manchester Siti» 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrga oid moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasida aybdor deb topildi.

«Agar bu haqiqat bo‘lsa, demak, biz aldash davrida yashagan ekanmiz. Qanday jazo qo‘llanishidan qat’i nazar, ortga qaytishning iloji yo‘q — zarar allaqachon yetkazilgan. Bu juda achinarli.

Bunday vaziyatda sport adolati haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Agar 114 ta qoidabuzarlik tasdiqlansa, umid qilamizki, bu holat kelajakda shunga o‘xshash voqealarning oldini olishga yordam beradi va barcha teng sharoitda raqobatlasha oladi», — deya Pochettinoning so‘zlarini The Athletic keltiradi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasida uch marta chempion bo‘lgan.

Kiritildi: 08:22, 29.09.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик