"Manchester Yunayted" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kleberson 2026 yilgi "Oltin to‘p"ni kimga bergan bo‘lishini aytdi.
"Kim munosib? Yamal. Chunki u jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, "Barselona" esa juda yaxshi futbol ko‘rsatdi. Terma jamoa bilan katta sovrin yutsangiz, bu "Oltin to‘p"ni olish imkoniyatingizni oshiradi", — deya 2002 yilgi jahon chempionining so‘zlarini "Sovetskiy Sport" keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan JCH-2026 g‘olibi bo‘ldi.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.













