Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Malinovskiy tizza jarohati sababli to‘rt haftagacha maydonga tusha olmaydi

Malinovskiy tizza jarohati sababli to‘rt haftagacha maydonga tusha olmaydi

Baho:
+ | -

«Trabzonspor»ning ukrainalik yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyning tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi.

Futbolchi to‘liq reabilitasiyadan o‘tishi uchun to‘rt hafta kerak bo‘ladi va Ruslan taxminan noyabr oyining boshlarida maydonga qaytishi mumkin.

Kecha Malinovskiy tizzasida muvaffaqiyatli artroskopik operasiyani o‘tkazdi. Avvalroq ukrainalik futbolchining tizza ichki qismidagi yumshoq to‘qimalar va suyaklarida shish paydo bo‘lgan edi. 33 yoshli xavbek sentyabr o‘rtalarida mashg‘ulotlarga qaytishi kutilgan edi, ammo vaziyat yomonlashgani sababli jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga to‘g‘ri keldi.

Joriy mavsumda Malinovskiy Turkiya klubi tarkibida jami to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va mahsuldor harakatlari bilan ajralib turmadi.

«Trabzonspor» 10 ochko to‘plab, Turkiya Superligasida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Tomas Rays shogirdlari navbatdagi o‘yinni 10 oktyabr kuni «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:04, 29.09.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик