Tibo Kurtua Astralis’ga sarmoya kiritdi.
«Real Madrid» FK darvozaboni Tibo Kurtua rasman Astralis investoriga aylandi. U Daniya tashkilotiga egalik qiluvchi Fusion Esports Group kompaniyasiga sarmoya kiritdi.
Kurtuaning o‘zi ko‘p yillardan beri o‘yinlarga qiziqishini va aynan Astralis natijalarini uzoq vaqtdan beri kuzatib borishini bir necha bor ta’kidlagan.
Futbolchi tashkilotga qancha mablag‘ kiritgani oshkor qilinmayapti. Avvalroq futbolchi Neymar Furia prezidentiga aylangan edi.













