Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Anchelotti «Real»ga yordam beryapti degan ayblovlar paydo bo‘ldi

Anchelotti «Real»ga yordam beryapti degan ayblovlar paydo bo‘ldi

Baho:
+3 | -

Rafinya Braziliya terma jamoasining Avstraliyaga qarshi seshanba kungi uchrashuvida almashtirildi. Futbolchining maydonni tark etishi jarohat bilan bog‘liq bo‘lib, u mushaklarida noqulaylik his qilgan.

Endi «Barselona»da jamoa yetakchilaridan biri ma’lum muddatga safdan chiqishidan xavotir bor. Bu kataloniyaliklar uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin, chunki Rafinya mavsum boshida ajoyib forma namoyish etmoqda — u 8 ta o‘yinda 14 ta gol urgan.

Qizig‘i, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottini tanqid qila boshladi. «Barselona» muxlislarining ayrimlari mutaxassis o‘zining sobiq klubi — «Real»ga yordam berayotganini iddao qilmoqda.

Misol sifatida Vinisius keltirilmoqda. «Real» hujumchisi o‘tgan hafta Braziliyaning birinchi o‘yinida 65 daqiqa harakat qilgan. Rafinya esa o‘sha bahsni to‘liq o‘tkazgan, Avstraliyaga qarshi uchrashuvni ham asosiy tarkibda boshlagan va faqat jarohat olganidan keyin tanaffusda almashtirilgan.

Kiritildi: 17:48, 29.09.2026.
O'qildi: 1702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик