Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Millatlar ligasi. Angliya terma jamoasi bir kishi kam bo‘lib qolgan Chexiyani mag‘lub etdi (videosharh)

Millatlar ligasi. Angliya terma jamoasi bir kishi kam bo‘lib qolgan Chexiyani mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

UYEFA Millatlar ligasi «A» ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Chexiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Praga shahridagi «Fortuna Arena» stadionida o‘tkazilgan bahsda angliyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsning 25-daqiqasida Chexiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pavel Shuls qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

47-daqiqada Entoni Gordon hisobni ochib, Angliyani oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Xarri Keyn angliyaliklarning ikkinchi golini urdi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng Chexiya terma jamoasi guruh jadvalida ochkolarsiz so‘nggi o‘rinda bormoqda. Angliya esa 3 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

UYEFA Millatlar ligasi. «A» ligasi, 3-guruh. 2-tur
29 sentyabr 2026 yil. Praga. «Fortuna Arena» stadioni.
Chexiya — Angliya — 0:2
Gollar: Gordon, 47 — 0:1; Keyn, 69 — 0:2.
Qizil kartochka: Shuls, 25.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:44, 30.09.2026.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик