Xarri Keyn Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi o‘tkazilgan va 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
25-daqiqadayoq «uch sher»lar raqibi bir kishi kam bo‘lib qoldi. Pavel Shuls to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Entoni Gordon 47-daqiqada hisobni ochdi, 69-daqiqada esa Keyn o‘zi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
«Biz vazifamizni bajardik, professional ekanimizni ko‘rsatdik. Eng yorqin o‘yinlarimizdan biri bo‘lmadi, ammo maqsadimizga erishdik — g‘alaba qozondik va gol o‘tkazib yubormadik.
Himoyaviy tarzda o‘ylaydigan jamoa bir kishi kam bo‘lib qolsa, unga qarshi o‘ynash yanada qiyinlashadi. Sabr qilishimizga to‘g‘ri keldi. Bunday vaziyatda to‘pni tez harakatlantirish kerak — vaqt o‘tishi bilan raqib charchaydi va bo‘sh hududlar ko‘payadi», — dedi «Bavariya» hujumchisi BBC Radio 5 Live'ga bergan intervyusida.
3 oktyabr kuni Tomas Tuxel shogirdlari yana bir safar o‘yinini Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.













