Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fermin Lopes Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi. Millatlar ligasi doirasidagi bahs Luis de la Fuente shogirdlarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Asosiy tarkibdagi birinchi o‘yini haqida:
«Bu katta faxr. Bu mening asosiy tarkibdagi birinchi o‘yinim bo‘ldi. Jarohatdan keyin terma jamoam safida o‘ynayotganimdan juda xursandman va faxrlanaman», — deya futbolchining so‘zlarini Marca keltirmoqda.
Golli vaziyatlar haqida:
«Gol urishning iloji bo‘lmadi, ammo harakat qildim. Eng muhimi, jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi».
Jahon chempionatini chetdan kuzatgani haqida:
«Bu biroz g‘alati bo‘ldi. Uni muxlis sifatida kuzatdim. Juda xursand bo‘ldim, ammo u yerda bo‘lishim mumkin edi, degan his ham qoldi. Ammo men buni allaqachon ortda qoldirdim».
6 ochko jamg‘argan Ispaniya o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.













