«Barselona» vingeri Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safidagi 10-golini urdi.
Seshanba kuni 19 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, 2 va 63-daqiqalarda gol urdi. Ikkinchi gol Yamal uchun terma jamoa safidagi yubiley — 10-gol bo‘ldi. E’tiborlisi, ispaniyalik iqtidor egasi bu natijaga portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messidan oldinroq erishdi — ular o‘z terma jamoalari safida 10-golni 21 yoshida urgan.
Umuman, Lamin Yamal «qizil furiya» safida 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozgan.













