Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Feruza Kazakova Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga ega chiqdi.
-51 kg vazn toifasidagi vakilamiz Feruza Kazakova yarim final bosqichida ringga ko‘tarildi. Unga amaldagi Olimpiada chempioni xitoylik Yu Vu raqibalik qildi.
Jang juda qiziqarli kechdi, Feruza jiddiy raqibasiga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq bu g‘alabaga yetarli bo‘lmadi. Yakuniy hisob 0:5 ko‘rinish oldi va Kazakova bronza medali bilan cheklandi.













