Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazoga tortilishi mumkin bo‘lgan «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda.
Transfer News Live akkaunti xabariga ko‘ra, 27 yoshli golkiperda Germaniya Bundesligasiga ko‘chib o‘tish varianti bor. Myunxenning «Bavariya» klubi Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Janluiji 2025 yilda «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Darvozabonning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida Donnarumma beshta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol o‘tkazib yuborgan.













