Fransiya chempionatida «Lion» sharafini himoya qilayotgan 25 yoshli chexiyalik yarim himoyachi Pavel Shuls Yevropaning uchta klubi qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Madridning «Atletiko», Turinning «Yuventus» va Birmingemning «Aston Villa» klublari yarim himoyachining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Ehtimoliy transfer qiymati qariyb 50 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida Shuls «Lion» safida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. U uchta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta sariq kartochka oldi.













