Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Liverpul» «Real» yulduzini hali ham kuzatmoqda

«Liverpul» «Real» yulduzini hali ham kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisi «Real» bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, «Liverpul» uning atrofidagi vakillar bilan aloqani saqlab turibdi.

Mersisaydliklar Tchuameniga anchadan buyon qiziqib keladi. Klub yozgi transferlar oynasida ham uni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borgan, ammo kelishuv amalga oshmagan.

Turli manbalar ma’lumotiga ko‘ra, «Real» 26 yoshli yarim himoyachi uchun 80 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda Tchuameni barcha musobaqalar doirasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 12:30, 30.09.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик