Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Edegor jarohat sabab Norvegiya mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Edegor jarohat sabab Norvegiya mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Baho:
+ | -

«Arsenal» va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor to‘pig‘idan olgan jarohati sabab seshanba kunigi mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi. EPL Index xabariga ko‘ra, uning milliy jamoaning yaqin o‘yinlarida ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida.

Edegor Portugaliyaga qarshi uchrashuv yakunida Bernardu Silva bilan to‘qnashuvdan keyin jarohat olgan. O‘yindan so‘ng norvegiyalik futbolchi stadionni oqsab tark etgan.

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken milliy jamoa va «Arsenal» tibbiy shtablari futbolchining holati bo‘yicha doimiy ravishda ma’lumot almashib turganini bildirdi.

Seshanba kuni Edegorning ahvoli biroz yaxshilangan. Bosh murabbiy yordamchisi Brede Xangelannning aytishicha, futbolchining to‘pig‘idagi og‘riq avvalgi kunga nisbatan ancha kamaygan.

Norvegiya terma jamoasi payshanba kuni Uelsga qarshi maydonga tushadi, yakshanba kuni esa Portugaliya bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 12:47, 30.09.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик