Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Jurnalist Zidanni adashib «Real» murabbiyi deb atadi (+Video)

Jurnalist Zidanni adashib «Real» murabbiyi deb atadi (+Video)

Baho:
+ | -

Internetda braziliyalik jurnalistning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan Belgiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidan keyin o‘tkazgan intervyusi aks etgan video tarqaldi.

Jurnalist mutaxassisni tanishtirar ekan, odat bo‘yicha Zidanni Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi deb atab yubordi. U deyarli darhol xatosini anglab, fransuz mutaxassis milliy terma jamoani boshqarayotganini aytib, o‘zini to‘g‘riladi. Zidan esa jurnalistning bu adashishidan keyin kulib yubordi.

Zidan yozda Didye Desham o‘rnini egallab, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan edi.

Uning qo‘l ostida fransuzlar Millatlar ligasida hozirga qadar ikkita o‘yin o‘tkazib, har ikkisida g‘alaba qozondi. Avvaliga Fransiya safarda Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyin xuddi shu hisobda Belgiya ustidan zafar quchdi.

Kiritildi: 12:49, 30.09.2026.
O'qildi: 447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик