Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Xall Siti» egasi «Manchester Siti» ishini «moliyaviy doping» deb atadi

«Xall Siti» egasi «Manchester Siti» ishini «moliyaviy doping» deb atadi

Baho:
+ | -

«Xall Siti» egasi Akun Ilijali Angliya Premyer-ligasi klublari rahbarlari orasida birinchi bo‘lib «Manchester Siti»ga qo‘yilgan 114 ta moliyaviy qoidabuzarlik bo‘yicha ayblovlarga ochiq munosabat bildirdi. Avvalroq manchesterliklarga turli sanksiyalar, jumladan, APLdan chetlatish jazosi ham qo‘llanilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

«Ular aybdormi yoki yo‘qmi, bu haqda hukm chiqarishni o‘z zimmamga olmayman. Chunki klubning o‘zi aybsiz ekanini ta’kidlamoqda. Men tushunganimcha, Premyer-liga bu masalada boshqacha fikrda.

Agar ular haqiqatan ham aybdor bo‘lsa va qoidalarni buzgani isbotlansa, menimcha, bu sportchining doping yordamida Olimpiya medalini qo‘lga kiritishidan deyarli farq qilmaydi.

Aslida, bu — moliyaviy doping. Ya’ni qoidalarni buzgan holda katta mablag‘lar evaziga eng kuchli futbolchilarni jalb qilish», — deya Ilijalining so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Kiritildi: 13:20, 30.09.2026.
O'qildi: 421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик