«Barselona» prezidenti Joan Laporta Argentina terma jamoasi va Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martinesning amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi.
«Avgust oyida Lautaro Martinesni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildim. U juda yuqori saviyali hujumchi va biz uni “Barselona”da ko‘rishni istagan edik.
Men shaxsan “Inter” prezidentiga qo‘ng‘iroq qildim, ammo u darhol bu masalada hech qanday imkoniyat yo‘qligini aytdi. Men klubning pozisiyasini hurmat qilaman», — deya Laportaning so‘zlarini Corrierre keltirdi.
Lautaro Martinesning transfer qiymati 85 million yevroga baholanmoqda. 29 yoshli argentinalik hujumchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













