Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalg‘asbay Berdmurodov o‘z nomini musobaqa sovrindorlari safiga qo‘shdi.
Hamyurtimiz -87 kg vazn toifasi 3-o‘riin uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Shamil Ojayevga qarshi gilamga chiqib, 9-1 hisobida raqibini mag‘lub etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi jami medallar soni 52 taga yetdi: 16 ta oltin, 17 ta kumush va 19 ta bronza.













