Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahim Nutfulloyev o‘z nomini musobaqa sovrindorlari safiga qo‘shdi.
Hamyurtimiz -66 kg vazn toifasida chempionlik uchun kechgan bellashuvda mo‘g‘ulistonlik Yolk Kazirbekka qarshi gilamga chiqib, imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi jami medallar soni 53 taga yetdi: 16 ta oltin, 18 ta kumush va 19 ta bronza.













